Mirziyoyev Shveysariyaga Tinchlik kengashi nizomini imzolash uchun jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan ish safari bilan Shveysariyaga jo‘nab ketdi. Safar maqsadi — Davosda bo‘lib o‘tadigan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etishdir. Kengashni tuzish tashabbusi amerikalik tomon tomonidan ilgari surilgan. O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Mirziyoyev avvalroq Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul …