Tag Archives: tinchlik kengashi

Mirziyoyev Vashingtonga Tinchlik kengashi sammitiga boradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 17–19 fevral kunlari Vashingtonga ishchi tashrif buyurib, Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. Tinchlik kengashining birinchi sammiti AQSh Tinchlik institutida o‘tkazilib, G‘azo sektorida tiklash ishlari va gumanitar yordam ko‘rsatish masalalariga, shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga bag‘ishlanadi.

Mirziyoyev Davosda “Tinchlik kengashi” nizomini imzoladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni Shveytsariyaning Davos shahrida AQSh Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan “Tinchlik kengashi” nizomini imzolash marosimida ishtirok etdi. O‘zbekiston yangi tuzilmaning ta’sischi davlatlari qatoriga kirdi. 22-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shveytsariyaning Davos shahrida “Tinchlik kengashi” nizomini imzolash marosimida qatnashdi. Tadbir AQSh Prezidenti Donald Tramp raisligida Jahon iqtisodiy forumi doirasida

Mirziyoyev Shveysariyaga Tinchlik kengashi nizomini imzolash uchun jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan ish safari bilan Shveysariyaga jo‘nab ketdi. Safar maqsadi — Davosda bo‘lib o‘tadigan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etishdir. Kengashni tuzish tashabbusi amerikalik tomon tomonidan ilgari surilgan. O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Mirziyoyev avvalroq Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul