Tag Archives: firibgarlik

Bloger Sirojiddin Odilov (Sirojiddin Media) firibgarlik va pora berish ishi bo‘yicha hibsga olindi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tuman sudi bloger Sirojiddin Odilovni hibsga olishga sanksiya berdi. U Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28-modda orqali 211-moddada (pora berish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida avvalroq Samarqand viloyati IIB xabar bergan edi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, 1961-yilda tug‘ilgan Pastdarg‘om tumani fuqarosi tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Taftish.uz xodimlarini tovlamachilik va firibgarlikda aybladi

2026-yil 17-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (IIV) Taftish.uz internet-nashri bilan bog‘liq shaxslarni tizimli jinoyat faoliyatida ayblovchi keng qamrovli rasmiy bayonot e’lon qildi. Vazirlikning da’vosiga ko‘ra, jurnalistik faoliyat niqobi ostida ushbu shaxslar tovlamachilik, firibgarlik va tuhmat materiallarini tarqatish bilan shug‘ullangan, internet esa fuqarolar va tadbirkorlar ustidan bosim o‘tkazish vositasi sifatida ishlatilgan. Bayonot boshida IIV

Toshkentda Taftish.uz xodimlari tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanib ushlandi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Taftish.uz yangiliklar sayti xodimlarini ham o‘z ichiga olgan besh nafar shaxs jinoyat sodir etishda gumonlanib ushlanganini ma’lum qildi. Bosh boshqarma rasmiy xabariga ko‘ra, “joriy yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi va 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, 1988 yilda tug‘ilgan G‘ayrat Aberayev hamda Taftish.uz OAVsi