O‘zbekiston Markaziy banki valyuta operatsiyalari hisobini kuchaytiradi va ularni amalga oshirish qoidalarini yangilaydi
O‘zbekiston Markaziy banki Boshqaruvi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Hujjat 2026-yil 30-martda imzolangan va 22-aprelda Adliya vazirligida 3281-5 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (quyida ilova qilingan). Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. O‘zgarishlar valyuta operatsiyalarini hisobga olish, investorlar tomonidan valyuta xaridi qoidalari, ayirboshlash shoxobchalari faoliyati, naqd valyuta berish …