Tag Archives: hibs

Qashqadaryoda huquq faoli hibsga olindi: “Ezgulik” rahbari ish soxtalashtirilganini da’vo qildi

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov tashkilot faoli Javohir Mo‘minovga nisbatan ta’qib olib borilayotganini ma’lum qildi. Mo‘minov Qashqadaryo viloyatida tovlamachilik ayblovi bilan hibsga olingan. Bu haqda Tashanov 8-iyun kuni o‘zining Telegram-kanalida yozdi. Tashanovning ta’kidlashicha, jinoyat ishi Mo‘minovning Qarshi shahrida yashovchi Jo‘ra Akbarovni himoya qilishi bilan bog‘liq. Uning aytishicha, avvalroq prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi

Bloger Sirojiddin Odilov (Sirojiddin Media) firibgarlik va pora berish ishi bo‘yicha hibsga olindi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tuman sudi bloger Sirojiddin Odilovni hibsga olishga sanksiya berdi. U Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28-modda orqali 211-moddada (pora berish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida avvalroq Samarqand viloyati IIB xabar bergan edi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, 1961-yilda tug‘ilgan Pastdarg‘om tumani fuqarosi tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

O‘zbekistonda «Qonun doirasida» loyihasi xodimlari qo‘lga olindi

«Qonun doirasida» loyihasi rahbari Furqat Ro’zmetov va tahririyat xodimi Azamat Avezov Urganchda hibsga olingani haqida Xorazm viloyati IIB xabar berdi. Ular tuhmat, tovlamachilik va bir qator boshqa jinoyatlarda gumon qilinmoqda. Ro’zmetov 45 yoshda, Avezov 33 yoshda. Ikkalasi ham yurist. Rasmiy xabarda aytilishicha, Urganch IIB huzuridagi tergov bo‘limi bir necha fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha dastlabki tekshiruv o‘tkazmoqda.

Gulnora Karimova ishi: BMT hibsni ixtiyoriy deb topdi, O‘zbekiston ayblovlarni rad etdi

BMTning Ixtiyoriy hibsga olishlar bo‘yicha ishchi guruhi Gulnora Karimovaning — O‘zbekistonning sobiq prezidenti qizi — hibsga olinishi va qamoqda saqlanishi xalqaro huquqni buzganini e’tirof etdi. O‘zbekiston hukumati ushbu xulosani rad etib, tergov va sud jarayonlari barcha bosqichlarida milliy qonunchilik va ayblanuvchining huquqlari saqlanganini ta’kidladi. ⚖️ BMT ishchi guruhi materiallari BMT ishchi guruhi Inson huquqlari umumjahon