Toshkentda noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
O‘zbekiston poytaxtida Ichki ishlar vazirligi xodimlari kriptoaktivlar bilan noqonuniy operatsiyalarda qatnashgan fuqarolardan iborat uyushgan guruhni qo‘lga oldi. Bu haqda vazirlikning Tezkor-qidiruv departamenti huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar xorijiy bukmekerlik kompaniyalariga xizmat ko‘rsatib, qimordan tushgan daromadlarni DECENT kripto platformasi orqali legallashtirgan. Sakkiz oy davomida guruh 180 milliard so‘mdan ortiq (taxminan 14,55 …