Sud qarori bilan 17 oy qamoqda saqlanganidan so‘ng bloger Sherali Komilov ozod etildi — “Ezgulik”
Bloger Sherali Komilov sud qarori bilan 17 oy qamoqda saqlanganidan so‘ng ozod etildi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, qaror Qarshi tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan qabul qilingan. Ish materiallariga ko‘ra, Komilov bir qator asosiy ayblovlar bo‘yicha oqlangan. Xususan, gap 165-modda 3-qismi (tovlamachilik) haqida… Read More »