Mirziyoyev O‘zbekistonning Mudofaa doktrinasi va Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqishni topshirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sakkiz yil avval qabul qilingan Mudofaa doktrinasi, shuningdek 1997-yildagi Milliy xavfsizlik konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqish lozimligini aytdi. U bu haqda 13-yanvar kuni mamlakatning harbiy xavfsizligini mustahkamlash va mudofaani kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qildi. Yig‘ilish O‘zbekistonda 14-yanvar kuni nishonlanadigan Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazildi. Qayd etilishicha, yangi Mudofaa …