Sibir suvlari kanalini ochish Orol dengizini qutqarmaydi: mutaxassislar fikrlari
Sibir daryolarining bir qismini Markaziy Osiyoga burish uchun kanal qurish loyihasi KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosining 35 yildan ortiq vaqt avvalgi qarori bilan bekor qilingan bo‘lsa-da, kanal haqidagi bahslar hanuz davom etmoqda. Bu ulkan loyiha sug‘oruvchilarni, olimlarni va siyosatchilarni hamon tashvishga solmoqda. Shu bois men yillar davomida ushbu sohadagi eng nufuzli mutaxassislar menga bildirgan (ko‘pincha …