Category Archives: Yangiliklar va tahlil

DXX: Farg‘onada chegara-bojxona posti boshlig‘i pora olayotganda ushlandi

Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlaridan birining boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning Qirg‘iz Respublikasidan olib kelgan 80 dona “iPhone-16” telefon apparatlarini tegishli rasmiylashtirishsiz o‘tkazib berishga yordam berish evaziga undan 5000 AQSh dollari hamda 1 dona “iPhone-16 Pro” telefon apparatini talab qilgan. DXX Farg‘onadagi tezkor tadbir video lavhasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bojxona

Veolia issiq suv va isitish narxlarini 5 baravarga oshirmoqchi: Toshkentda yangi tariflar oshirilishi rejalashtirilmoqda

2025-yil 1-oktyabrdan tariflar oshiriladi Toshkentda issiqlik va issiq suv ta’minoti bo‘yicha navbatdagi tarif oshishi rejalashtirilmoqda. 2025-yil 12-avgust kuni shahar xalq deputatlari kengashida e’lon qilingan taklifga ko‘ra, 1-oktyabrdan aholiga tariflar 15%, yuridik shaxslarga 40% va byudjet tashkilotlariga 19% ga oshishi mumkin. Toshkentda isitish narxlari 12 noyabrdan oshadi Nega Veolia narxlarni oshirishni talab qilmoqda Veolia Energy Tashkent

10 avgustdan “Bekobod avto” va “Xovosobod” orqali uchinchi davlat fuqarolari va yengil avtomobillar o‘tkazilmoqda

2025-yil 10-avgust soat 6:00 dan boshlab Toshkent viloyatidagi “Bekobod avto” va Sirdaryo viloyatidagi “Xovosobod” chegara bojxona postlari orqali uchinchi davlat fuqarolari hamda yengil avtotransport vositalari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Hukumat va Tojikiston Respublikasi Hukumat o‘rtasida imzolangan “Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risida”gi Bitim asosida amalga oshirildi. 💬 Mavzu haqida fikringiz bormi? Quyida izoh

Qanday qilib o‘zbekistonliklarni urushga tortishmoqda: tahdidlar, qamoq, pul — «Vyorstka»

Rossiya O‘zbekiston fuqarolarini Ukraina urushiga tahdidlar, qamoq va pul evaziga jalb qilmoqda. Minglab mehnat migrantlari frontda. Ba’zilar fuqarolik va pul uchun ixtiyoriy ravishda shartnoma imzolaydi, boshqalar — bosim ostida yoki jinoyatda ayblangach. Ular qaytgan taqdirda, vatanda qamoq jazosi xavfi ostida qoladi. Bu haqda Yuliya Paramonova Rossiyaning mustaqil «Vyorstka» nashrida chop etilgan «“Narsa tiqamiz, qamab yuboramiz,

Ukraina harbiylari Vovchansk yaqinida Rossiya tomonida jang qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ishtirokini aniqladi

Rossiya tomonida urushayotgan o‘zbekistonliklar Vovchansk atrofida Ukraina harbiylari tomonidan qayd etildi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy 4-avgust kuni o‘zining rasmiy Telegram kanalida xabar berdi. Ukraina prezidenti 4-avgust kuni Xarkov viloyatidagi Vovchansk yo‘nalishidagi harbiy pozitsiyalarni borib ko‘rdi. U yerda shiddatli janglar davom etmoqda. Zelenskiy 57-brigadaning Koshoviy otaman Kost Gordiенко nomidagi 17-alohida moto-o‘qchilar batalyoni jangchilari bilan

O‘zbekiston fuqarolari 34 ta davlatga vizasiz bora oladi, yana 42 ta mamlakatda vizaga oid tartib soddalashtirilgan

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxanovning ma’lum qilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari dunyoning 34 ta davlatiga vizasiz kirish huquqiga ega. Bundan tashqari, 42 ta davlatda kirish soddalashtirilgan tartibda — yetib borganida viza olish yoki elektron viza rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Avvalgi vizasiz davlatlar ro‘yxati 2024-yil fevral oyida e’lon qilingan edi. O‘shanda bunday davlatlar soni

Ozarbayjon prezidentining sobiq kuyovi Agalarovga Chorvoqda 25 yilga yer ajratildi — Sea Breeze kurorti quriladi

Investorga 25 yilga imtiyozli narxda yer ajratildi, loyiha qiymati 5 milliard dollar 2025-yil 1-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Chorvoq suv ombori bo‘yida “Sea Breeze Uzbekistan” to‘liq faslli kurorti qurilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqladi. 577 gektar maydondagi loyiha Agalarov Development kompaniyasi ishtirokida amalga oshiriladi. Kompaniya Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning sobiq kuyovi Emin Agalarovga tegishli. Imtiyozli ijarasi

Eʼzozxon Karimova O‘zbekiston maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan Eʼzozxon Gapirjonovna Karimova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bungacha uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi. Qonunchilik palatasining 2025-yil 31-iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar E.Karimova nomzodini ko‘rib chiqdilar. Majlis davomida u maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi islohotlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan Harakatlar dasturi haqida

Alisher Qodirov o‘zlashtirilgan so‘zlarga o‘zbekcha muqobillar ro‘yxatini e’lon qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov 31-iyul kuni o‘zining Telegram kanalida chet tillaridan kirib kelgan so‘zlarga o‘zbekcha muqobillar ko‘rsatilgan jadvalni e’lon qildi. Jadvalda texnologiya, logistika, siyosat va kundalik hayotga oid 40 ta chet so‘ziga o‘zbekcha muqobillar keltirilgan. «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Qodirov postga quyidagi izohni qoldirdi: “Bu ayrim toifadagi vatandoshlarni ensasini qotirib,

Ukrainadagi xorijiy harbiy asirlar soni bo‘yicha O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda — “Yashashni istayman” loyihasi

Ukrainadagi “Yashashni istayman” loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada asirlikda bo‘lgan xorijiy harbiylar orasida O‘zbekiston fuqarolari soni eng ko‘p. Bu haqda loyiha 2025-yil 30-iyul kuni e’lon qilgan xabarda aytilgan. Loyihaga ko‘ra, Rossiya Qurolli Kuchlari tarkibidagi manbalarga asoslanib, 2025-yilning o‘zida Rossiya armiyasi tomonidan 902 nafar O‘zbekiston fuqarosi yollangan. Avval e’lon qilingan O‘zbekistonlik yollanma askarlar ro‘yxatidan so‘ng mamlakatda tekshiruvlar