Alisher Qodirov o‘zlashtirilgan so‘zlarga o‘zbekcha muqobillar ro‘yxatini e’lon qildi

By | 31/07/2025
40 ta chet so‘zga o‘zbekcha muqobillar ko‘rsatilgan jadval, Alisher Qodirov tomonidan e’lon qilingan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov 31-iyul kuni o‘zining Telegram kanalida chet tillaridan kirib kelgan so‘zlarga o‘zbekcha muqobillar ko‘rsatilgan jadvalni e’lon qildi. Jadvalda texnologiya, logistika, siyosat va kundalik hayotga oid 40 ta chet so‘ziga o‘zbekcha muqobillar keltirilgan.

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Qodirov postga quyidagi izohni qoldirdi:

“Bu ayrim toifadagi vatandoshlarni ensasini qotirib, g‘ashini keltirsada juda yaxshi oldinga tashlangan qadam…
O‘zbek tili taqdiri o‘zimizga bog‘liq.
O‘zbeklarning tili poyintar-soyintar, aralash-quralash til bo‘lib ketmasligi uchun bu so‘zlarni ishlatishimiz, jarayonni esa mantiq chegarasidan chiqmagan holda davom ettirishimiz kerak.”

Jadval muallifi ko‘rsatilmagan. Unda, masalan, “avtopilot” o‘rniga “avtoboshqaruv”, “aysberg” o‘rniga “muztog‘”, “lider” o‘rniga “yo‘lboshchi”, “progressiv” o‘rniga “ilg‘or”, “syllabus” o‘rniga “ishchi dastur”, “IT texnologiyalari” o‘rniga esa “axborot texnologiyalari” taklif qilingan.

40 ta chet so‘zga o‘zbekcha muqobillar ko‘rsatilgan jadval, Alisher Qodirov tomonidan e’lon qilingan
Ulashish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan