O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan Eʼzozxon Gapirjonovna Karimova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bungacha uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.
Qonunchilik palatasining 2025-yil 31-iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar E.Karimova nomzodini ko‘rib chiqdilar. Majlis davomida u maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi islohotlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan Harakatlar dasturi haqida maʼlumot berdi. Deputatlar uning nomzodini qo‘llab-quvvatladilar.
Eʼzozxon Karimova bungacha vazir o‘rinbosari lavozimida ishlagan, shuningdek, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori bo‘lgan.