Ukraina harbiylari Vovchansk yaqinida Rossiya tomonida jang qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ishtirokini aniqladi

By | 05/08/2025
Volodimir Zelenskiy Vovchansk yo‘nalishida Ukraina komandirlari bilan, 2025-yil avgust

Rossiya tomonida urushayotgan o‘zbekistonliklar Vovchansk atrofida Ukraina harbiylari tomonidan qayd etildi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy 4-avgust kuni o‘zining rasmiy Telegram kanalida xabar berdi.

Ukraina prezidenti 4-avgust kuni Xarkov viloyatidagi Vovchansk yo‘nalishidagi harbiy pozitsiyalarni borib ko‘rdi. U yerda shiddatli janglar davom etmoqda. Zelenskiy 57-brigadaning Koshoviy otaman Kost Gordiенко nomidagi 17-alohida moto-o‘qchilar batalyoni jangchilari bilan uchrashdi va bo‘linma komandirlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, oldingi chiziqdagi vaziyat, jangovar harakatlar dinamikasi, dronlar bilan ta’minlash, shuningdek, kadrlar zahirasi va brigadalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish masalalari muhokama qilingan.

Zelenskiy ta’kidlashicha, bu yo‘nalishda Rossiya tomonida jang qilayotgan xorijlik yollanma jangchilarning ishtiroki aniqlangan. Ular orasida Xitoy, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston va Afrika davlatlaridan kelgan jangchilar bor. Ukraina bu holatga munosabat bildiradi, dedi prezident.

“Reaksiya bildiramiz,” — deb yozdi Ukraina prezidenti.

Tashrif yakunida davlat rahbari harbiylarga davlat mukofotlarini topshirdi va ularning xizmatlari hamda o‘zaro qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirdi.

Manba:
Volodimir Zelenskiyning rasmiy bayonotlari, 2025-yil 4-avgust

Ulashish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan