Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxanovning ma’lum qilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari dunyoning 34 ta davlatiga vizasiz kirish huquqiga ega. Bundan tashqari, 42 ta davlatda kirish soddalashtirilgan tartibda — yetib borganida viza olish yoki elektron viza rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Avvalgi vizasiz davlatlar ro‘yxati 2024-yil fevral oyida e’lon qilingan edi. O‘shanda bunday davlatlar soni 31 tani tashkil qilgan.
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirishni ta’minlaydigan davlatlar quyidagilar:
- 🇦🇬 Antigua va Barbuda
- 🇦🇲 Armaniston
- 🇧🇧 Barbados
- 🇧🇾 Belarus
- 🇦🇪 Birlashgan Arab Amirliklari
- 🇩🇲 Dominika
- 🇮🇷 Eron
- 🇵🇸 Falastin
- 🇵🇭 Filippin
- 🇭🇹 Gaiti
- 🇬🇲 Gambiya
- 🇬🇪 Gruziya
- 🇬🇩 Grenada
- 🇰🇪 Keniya
- 🇨🇮 Kot-d’Ivuar
- 🇲🇾 Malayziya
- 🇫🇲 Mikroneziya
- 🇲🇳 Mo’g’uliston
- 🇲🇩 Moldova
- 🇳🇦 Namibiya
- 🇦🇿 Ozarbayjon
- 🇰🇬 Qirg’iz Respublikasi
- 🇰🇿 Qozog’iston
- 🇷🇺 Rossiya
- 🇻🇨 Sent-Vinsent va Grenadin orollari
- 🇸🇨 Seyshel orollari
- 🇱🇰 Shri-Lanka
- 🇸🇷 Surinam
- 🇹🇭 Tailand
- 🇹🇯 Tojikiston
- 🇹🇷 Turkiya
- 🇺🇦 Ukraina
- 🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasi
- 🇴🇲 O‘mon
Quyidagi davlatlarda yetib borganida viza (visa on arrival) olish mumkin:
- 🇧🇴 Boliviya
- 🇧🇮 Burundi
- 🇬🇼 Gvineya-Bisau
- 🇮🇩 Indoneziya
- 🇯🇴 Iordaniya
- 🇨🇻 Kabo-Verde
- 🇰🇭 Kambodja
- 🇰🇲 Komor orollari
- 🇱🇦 Laos
- 🇱🇧 Livan
- 🇲🇬 Madagaskar
- 🇲🇴 Makao
- 🇲🇻 Maldiv orollari
- 🇲🇺 Mavrikiy
- 🇲🇷 Mavritaniya
- 🇲🇿 Mozambik
- 🇳🇵 Nepal
- 🇳🇮 Nikaragua
- 🇵🇼 Palau
- 🇶🇦 Qatar
- 🇷🇼 Ruanda
- 🇼🇸 Samoa
- 🇸🇦 Saudiya Arabistoni
- 🇸🇱 Syerra-Leone
- 🇹🇬 Togo
- 🇹🇻 Tuvalu
- 🇯🇲 Yamayka
- 🇿🇼 Zimbabve
- 🇹🇱 Sharqiy Timor
Quyidagi davlatlar esa elektron vizani (e-visa) rasmiylashtirish imkonini beradi:
- 🇪🇹 Efiopiya
- 🇬🇶 Ekvatorial Gvineya
- 🇬🇦 Gabon
- 🇬🇳 Gvineya
- 🇮🇳 Hindiston
- 🇸🇸 Janubiy Sudan
- 🇩🇯 Jibuti
- 🇨🇩 Kongo Demokratik Respublikasi
- 🇱🇸 Lesoto
- 🇲🇼 Malavi
- 🇳🇬 Nigeriya
- 🇺🇬 Uganda
- 🇻🇳 Vetnam
Buxanovning so‘zlariga ko‘ra, viza tartibini liberallashtirish bo‘yicha yana o‘nlab davlatlar bilan muzokaralar davom etmoqda.
Muallifdan amaliy tavsiyalar
Vizasiz rejim mavjud bo‘lishiga qaramay, ba’zi davlatlarga kirishda quyidagilar talab qilinishi mumkin:
- Qaytish yoki tranzit chiptasi: Agar viza talab qilinmasa ham, ko‘pincha uchinchi davlatga yoki orqaga qaytish reysiga chipta mavjudligi majburiy bo‘ladi.
- Moliyaviy ta’minotni isbotlash: Ko‘plab davlatlar safar davomida yetarli mablag‘ mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiladi.
- Mehmonxona bandi yoki yashash manzili: Yashash joyiga oid hujjatlar — mehmonxona bandi yoki tanishlar taklifnomasi — deyarli doimiy tavsiya etiladi.
Qo‘shimcha muhim eslatmalar:
- Viza qoidalari istalgan vaqtda o‘zgarishi mumkin, ayniqsa siyosiy voqealar, epidemiyalar yoki boshqa favqulodda holatlar yuz bersa — bunday hollarda kirish shartlari zudlik bilan qayta ko‘rib chiqiladi.
- Har bir safar oldidan elchixonalar, aviakompaniyalar yoki konsullik xizmatlarining rasmiy saytlarida dolzarb talablarni tekshirib chiqish tavsiya etiladi, chunki vaziyat tezda o‘zgarishi mumkin.
Я хочу работу
Yaxshi
Деловая виза — это документ, который позволяет иностранцу въехать на территорию другой страны с целью ведения бизнеса. Для получения деловой визы необходимо собрать пакет документов, который может включать:
* заявление на визу;
* паспорт;
* фотографии;
* подтверждение финансовой состоятельности (например, выписка с банковского счёта);
* приглашение от компании или организации, находящейся в стране назначения;
* документы, подтверждающие цели поездки (например, контракты, договоры о сотрудничестве).
Список документов может варьироваться в зависимости от страны назначения и целей визита. Рекомендуется заранее ознакомиться с требованиями консульства или посольства страны, в которую планируется поездка.