DXX: Farg‘onada chegara-bojxona posti boshlig‘i pora olayotganda ushlandi

By | 16/08/2025
DXX Farg‘onada chegara-bojxona posti boshlig‘ini pora olayotganda qo‘lga oldi

Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlaridan birining boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning Qirg‘iz Respublikasidan olib kelgan 80 dona “iPhone-16” telefon apparatlarini tegishli rasmiylashtirishsiz o‘tkazib berishga yordam berish evaziga undan 5000 AQSh dollari hamda 1 dona “iPhone-16 Pro” telefon apparatini talab qilgan.

DXX Farg‘onadagi tezkor tadbir video lavhasi

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bojxona organlari podpolkovnigi pora va moddiy qimmatliklarni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Ulashish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan