Rossiya va Qozog‘istondan: O‘zbekistonga kimlar ko‘chib kelmoqda va immigrantlar qayerga joylashmoqda
Chet el fuqarolari O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelishda davom etmoqda, biroq tashqi migratsiya hajmi nisbatan kichikligicha qolmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar—mart oylarida mamlakatga 721 kishi kelgan, mamlakatni tark etganlar soni esa 2 277 kishini tashkil etgan. Shunday qilib, migratsiya saldosi yana manfiy bo‘ldi: ketganlar soni kelganlar sonidan qariyb uch baravar …