Advokat navbatdagi sud majlisidan so‘ng Aziz Hakimovning holati haqida ma’lumot berdi
17-iyul kuni Toshkent shahridagi Shayxontohur tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida bloger Aziz Hakimov (Comrade Aziz) ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. U O‘zbekiston Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bo‘yicha ayblanmoqda. Jarayon avvalgidek yopiq tartibda o‘tmoqda. Sud majlisidan so‘ng advokat Sergey Mayorov ish tafsilotlarini oshkor qilishdan bosh tortdi va bunga sud jarayoni haqidagi ma’lumotlarni oshkor …