Botir Kudratxodjayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi
Botir Baxromovich Kudratxodjayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi, deb xabar berdi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 12-oktabr kuni. Avvalroq Kudratxodjayevning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi. Tayinlovga qadar u ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan. Shuxrat Gayratdjanovich Xalmuxamedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod …