Toshkentda yer usti halqa metrosi yana ishga tushdi

By | 01/11/2025
Toshkent yer usti halqa metro yo‘nalishi ishini qayta boshladi. Toshkent metrosi sxemasi

Toshkent yer usti halqa metro liniyasi 2025-yil 1-noyabr, shanba kuni ishini qayta tikladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

«Bugun 1-noyabr tongidan boshlab ushbu yo‘nalish yo‘lovchilar uchun to‘liq ishga tushirilgan bo‘lib, hozirda ushbu yo‘nalishda 12 ta harakat tarkibi 7 daqiqalik interval bilan harakatlanmoqda», — deyiladi korxona bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, halqa liniyada “Texnopark” bekatidan “Qipchoq” bekatigacha jami 14 ta bekat mavjud. Liniyaning birinchi bosqichi — yetti bekat — 2020-yilda, ikkinchi bosqichi esa 2023-yilda ochilgan edi.

Yo‘nalish 2025-yil yozida “rejalashtirilgan profilaktika ishlari” sababli to‘liq yopilgan edi. Liniya ishini qayta boshlashi dastlab 18-oktabrda kutilgan, biroq keyinchalik noyabr boshiga ko‘chirildi.

Ulashish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan