Albatta, Maks Zaxarovich Pensonning bu ikki suratidagi qishki Toshkent va o‘zbek qishlog‘i zamonaviy emas; mashhur fotokor Toshiеntda o‘tgan asrning o‘rtalarida vafot etgan. Ammo xohlasa, bugun ham O‘zbekiston viloyatlarida, hattoki poytaxtning o‘zida shunga o‘xshash manzaralarni topish mumkin.
“Birinchi qor” deb atalgan birinchi suratda qishki Toshkentning eski qismidagi ariq tasvirlangan. Tik qiyaliklar, ariqqa oqib tushayotgan sovuq suv, yalang‘och daraxt tanalari va shoxlari, yupqa qor qatlami, bir qavatli uylar, direkdagi bayroq va orqa plandagi chapan va palto kiygan odamlar — men bolaligimdagi shaharni aynan shunday eslayman, garchi fotografining o‘limidan uch yil keyin tug‘ilgan bo‘lsam ham (Maks Penson 1959 yilda 66 yoshida vafot etgan).

Ikkinchi surat — “Chig’ir” — bizni katta shahar tashqarisiga olib chiqadi. Beliga ro‘mol bog‘lagan chapanli va mo‘ynali bosh kiyim kiygan bolalar tepalikda bizga orqa o‘girib turibdi (bosh kiyimlar har xil — kimdadir milliy, kimdir ruscha quloqchin kiygan, bolalardan biri esa oddiy do‘ppida). Pastda qorga burkangan qishloq yoyilib yotibdi, o‘ng tomonda esa suv ko‘targich g‘ildirak — chig’ir turibdi.
Yep.uz saytida qishki Toshkentning boshqa eski suratlarini ham topishingiz mumkin.
Toshkent va O‘zbekistonning qishini bolaligingizdan qanday eslaysiz? Maks Penson suratlaridagidekmi?