AQSh fuqarolari uchun Oʻzbekistonda vizasiz tartib joriy etiladi

By | 03/11/2025
AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib. Tramp va Mirziyoyev Nyu-Yorkdagi uchrashuvda

2026-yil 1-yanvardan boshlab AQSh fuqarolari Oʻzbekistonga 30 kungacha vizasiz kirish huquqiga ega boʻladi. Bu haqdagi tegishli farmonga prezident Shavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni imzo chekdi, deb xabar berdi UzA.

Hujjatda ta’kidlanishicha, mazkur qaror ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, turizm almashinuvini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.

2021-yildan beri Oʻzbekistonda 55 yoshdan oshgan va turistik maqsadlarda 30 kungacha boʻlgan muddatga kiruvchi AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib amal qilib kelmoqda.

Barcha AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartibni joriy etish rejasi avvalroq 15-maydagi prezident farmonida tilga olingan edi. O‘sha hujjatda Tashqi ishlar vazirligiga Oʻzbekiston fuqarolari uchun AQShga kirish vizasini soddalashtirish masalasida muzokaralarni boshlash topshirilgan edi.

Ulashish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan