O‘zbekistonda 2025–2026 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulgacha davom etadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Oliy ta’lim muassasalari (bakalavriat) va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari
Test sinovlari jadvali
Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkaziladi:
- Birinchi smena — soat 08:00 dan;
- Ikkinchi smena — soat 15:00 dan boshlanadi.
Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan manzilga kamida 1,5 soat oldin yetib kelishlari shart.
Talab etiladigan hujjatlar
Test sinovlarida ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Pasport yoki ID-karta (asl nusxasi);
- my.uzbmb.uz sayti orqali yuklab olingan va bosmadan chiqarilgan abituriyent ruxsatnomasi.
📌 Muhim:
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.
Qayerda va qachon test topshiriladi
Har bir abituriyent test sinovida qatnashishi uchun quyidagilar belgilanadi:
- Bino;
- Sana;
- Smena.
Ushbu ma’lumotlar «abituriyent ruxsatnomasida» ko‘rsatilgan. Boshqa hududda, kunda yoki smenada test topshirishga ruxsat berilmaydi.
Abituriyent ruxsatnomasini olish tartibi
Ruxsatnomani olish uchun:
- my.uzbmb.uz saytiga kiriladi;
- Quyidagilar kiritiladi:
- Shaxsiy identifikatsion raqam;
- Pasport seriyasi va raqami;
- Ruxsatnoma yuklab olinadi va bosmadan chiqariladi.
Magistraturaga hujjat topshirish boshlandi: ro‘yxatdan o‘tish 30-iyulgacha davom etadi
Shu bilan birga, davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirish jarayoni boshlandi.
📅 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi va my.edu.uz rasmiy platformasi orqali amalga oshiriladi.