MDH davlatlari maxsus xizmat rahbarlari Samarqandda yig‘ildi, Mirziyoyev mojarolarni diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirdi

By | 17/10/2025
MDH maxsus xizmat rahbarlari Samarqandda

MDHga a’zo davlatlarning xavfsizlik va razvedka xizmatlari rahbarlari kengashining 21-majlisi 17 oktabr kuni Samarqandda boshlandi.

Tadbir ochilishida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov Prezident Shavkat Mirziyoyevning yig‘ilish ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Davlat rahbari o‘z murojaatida global vaziyat murakkab geosiyosiy sharoitlarda rivojlanayotganini, an’anaviy tahdidlar kuchayib, yangi xavf-xatarlar paydo bo‘layotganini, bu esa MDH davlatlari manfaatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, keskinlashayotgan qurolli to‘qnashuvlar xavotir uyg‘otmoqda, ular keng ko‘lamli vayronkor urushlarga aylanib ketishi mumkin.

Prezident “adolatli va muvozanatli yondashuvlar”ni ishlab chiqish zarurligini, beqarorlik o‘choqlarini tarixiy tajriba va xalqaro huquq me’yorlari asosida tezroq hal etish muhimligini qayd etdi.

Murojaatda, shuningdek, O‘zbekiston mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlik, hamda MDH davlatlarining barqaror rivojlanishi yo‘lida xalqaro muammolarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga sodiq ekanligi ta’kidlandi.

Mirziyoyev MDH davlatlari xavfsizlik va razvedka xizmatlari uchun ustuvor yo‘nalish sifatida davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va konstitutsiyaviy asoslariga tahdid soluvchi chaqiriqlarga qarshi “birgalikdagi sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirish”ni belgiladi.

Ulashish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan