O‘zbekiston Isroilning Doha shahridagi turar joy hududiga uyushtirgan hujumlarini qoraladi va buni Qatar Davlati suverenitetini buzish, chegaralar daxlsizligi va xavfsizligiga tajovuz deb baholadi.
«Bunday xatti-harakatlar mutlaqo nomaqbul bo‘lib, BMT Nizomini hamda xalqaro huquqning asosiy me’yor va tamoyillarini jiddiy ravishda mensimaslik hisoblanadi», — deyiladi TIV bayonotida.
Hujjatda shuningdek, O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishning har qanday ko‘rinishiga va Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatni yanada keskinlashtiradigan qadamlarga izchil ravishda qarshi ekanligi ta’kidlangan.
Shuningdek qarang: O‘zbekiston prezidenti Qatar amiri bilan suhbatda Isroilning Dohaga zarbalarini qoraladi
Yep.uzʼni Googleʼning afzal ko‘rilgan manbalariga qo‘shing
Googleʼda Yep.uz saytini afzal ko‘rilgan manba sifatida qo‘shing, shunda sayt materiallarini «Asosiy yangiliklar» bo‘limida tez-tez ko‘rishingiz mumkin.