O‘zbekistonda terrorizmni moliyalashtirish ishi bo‘yicha sakkiz kishi sudlandi
O‘zbekistonda terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq bir guruh shaxslarning faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, tezkor tadbir DXX organlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan. Natijada Toshkent shahri, shuningdek Samarqand, Buxoro, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi sakkiz nafar fuqaro aniqlangan. DXXning ta’kidlashicha, 1987–1998-yillarda tug‘ilgan ushbu fuqarolar Suriyada …