O‘zbekistondagi maktablar, akademik litseylar va texnikumlarda yangi 2026/2027-o‘quv yili 2-sentabrda boshlanadi, deb xabar berdi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
Mamlakatdagi barcha umumta’lim maktablarida darslar 2-sentabr, chorshanba kuni boshlanadi. Shu kuni akademik litseylar va texnikumlarda ham o‘quv jarayoni boshlanadi.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni bosqichga qarab turli sanalarda boshlanadi. Birinchi bosqich talabalari 7-sentabrdan, ikkinchi bosqich va undan yuqori bosqich talabalari esa 14-sentabrdan o‘qishni boshlaydi.
«Joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi.», — deb xabar berdi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
O‘zbekistonda yangi o‘quv yili an’anaviy ravishda Mustaqillik kuni bayramidan keyin boshlanadi.
Shuningdek o‘qing: