Markaziy Osiyo liderlari Toshkentdagi Maslahat uchrashuvi natijalariga oid hujjatlarni qabul qildi

By | 16/11/2025
Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston liderlari Toshkentdagi yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi

16 noyabrda Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi natijasida Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Uchrashuvda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston prezidentlari ishtirok etdi.

Shuningdek, mamlakatlar liderlari quyidagi hujjatlarni tasdiqladi:

  • Qirg‘iz Respublikasining 2027-2028-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a’zoligiga nomzodi yuzasidan BMTga a’zo davlatlarga murojaat; 
  • Ozarbayjon Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi qaror; 
  • Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasi; 
  • Markaziy Osiyo xavfsizligiga xatarlarning katalogi va ularning oldini olish bo‘yicha 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan choralar.
Ulashish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan