13-sentabr kuni Chortoq va Uychi bekatlari o‘rtasidagi qo‘riqlanmagan temir yo‘l kesishmasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berilgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ telegrаm-kanalida.
Gentra yengil avtomobili haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temir yo‘lni kesib o‘tishga uringan.
Mashina salonida olti kishi bo‘lgan: besh ayol va kichik bola. Kuchli to‘qnashuv natijasida mashinada hech kim omon qolmagan.
Poyezd mashinistlari shoshilinch tormozni qo‘llashgan, ammo fojianing oldini olishning iloji bo‘lmagan. Poyezdga ozgina zarar yetgan.