O‘zbekistonda Fransiyaning yangi elchisi Ualid Fuk 2025 yil 27 avgustda vakolatini boshladi. Bu haqda Fransiya elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ualid Fuk — professional diplomati va davlat xizmatidagi ikkinchi darajali mansabdor. Parijdagi Siyosiy tadqiqotlar institutida davlat ishlari bo‘yicha diplom olgandan so‘ng, u Fransiya Tashqi ishlar vazirligida Strategik masalalar, xavfsizlik va qurolsizlantirish bo‘limida xizmat boshladi (2010–2014).
Keyinchalik u Pekindagi Fransiya elchixonasida siyosiy maslahatchi (2014–2017), so‘ng Nyu-Yorkdagi BMTdagi Fransiya doimiy vakolatxonasida (2017–2019) ishladi. Keyinchalik markaziy administratsiyaga Osiyo va Okeaniya boshqarmasidagi Uzoq Sharq boʻyicha direktor oʻrinbosari sifatida qaytdi (2019–2020).
2020–2025 yillarda Fuk Fransiya prezidenti ma’muriyatida Osiyo, Okeaniya va Amerika masalalari bo‘yicha davlat rahbari maslahatchisi sifatida ishladi.
2011-yilda Trajectoires nashriga bergan intervyusida u nogironligi haqida gapirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, neyropatiya tufayli nogironlar aravachasida harakatlanishga majbur bo‘lish karerasiga to‘sqinlik qilmagan. Shu paytda diplomat jismoniy qiyinchiliklarni doimo “parametr” va “afzallik” sifatida qabul qilishga intilganini ta’kidlagan.
O‘zbek tilida qilingan “aziz o‘zbek do‘stlar”ga murojaatida janob Ualid Fuk hamkorlikni rivojlantirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy yaqinlashuvga hissa qo‘shishga barcha kuchini sarflashga va’da bergan. Kelgusi oylar mobaynida elchi Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlash va umumiy kelajakni qurish maqsadida barcha hududlarni ziyorat qilishni rejalashtirmoqda.