O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) fuqarolar va tashkilotlarga davlat xavfsizligiga tahdidlar hamda huquqbuzarliklar haqida qisqa 1520 raqamiga xabar berish imkonini taqdim etadi.
«O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, DXX vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida Call-markaz faoliyat yurita boshlandi. Call-markazga 1520 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin», — deya xabar berdi idora matbuot xizmati.
Murojaat qilish mumkin bo‘lgan masalalar
Fuqarolar va tashkilotlar quyidagi holatlar haqida xabar berishlari mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bo‘lgan tajovuzlar haqida;
- Davlat chegarasini qo‘riqlanishi va himoya qilinishiga bo‘ladigan tahdidlar;
- Qurolli Kuchlar va mudofaa-sanoat majmuasida davlat xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar;
- terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyiy guruhlarga oid;
- qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanishiga doir jinoyatlar haqida;
- davlat manfaatlariga tahdid soluvchi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar yuzasidan;
- milliy, etnik va diniy adovatni targ‘ib etish;
- davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga doir boshqa axborotlar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidagi quyidagi moddalarga oid jinoyatlar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinadi:
- 150–163-moddalar (JKning II bo‘limi — “Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar”: jumladan, urush targ‘iboti, yollanish, xorijiy davlatlar harbiy xizmatiga jalb qilish, terrorizm, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish, prezidentga va konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz, davlatga xiyonat va boshqalar);
- 182-modda (Bojxona qonunchiligini buzish);
- 223-modda (Chegaradan noqonuniy chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirish);
- 246-modda (Kontrabanda).
Muhim: tuhmat yoki haqorat mazmunidagi yolg‘on murojaatlar uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq javobgarlik mavjud.
Maxfiylik
DXX barcha murojaatlarning to‘liq maxfiyligini kafolatlaydi.
Qanday bog‘lanish mumkin
O‘zbekiston hududidagi istalgan telefon orqali qisqa 1520 raqamini terib murojaat yuborish mumkin. Qo‘ng‘iroq bepul.
“Aziz yurtdoshlar, atrofingizda bo‘layotgan qonunbuzarliklarga nisbatan befarq bo‘lmang, 1520 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!”, — deyiladi xabarda.
ASSALOMU ALAYKUM MEN ARIZA YOZISHIMDAN MAQSAD SHUKI, IZBOSKAN TUMANIDAGI MENI PUL OLDINGI YOZGAN ARIZAMDA MANA UJE 1 YILDIRKI UMUMAN HAL QILIB BERILMAYAPTI UMUMAN LEKIN MUROJAAT KOʻRIB CHIQILDI DEB QOʻYIBDI MEN PULIMNI OLOLMAY SARSON BOʻLIB KETDIM UJE BU 10 CHI MARTA ARIZA BERISHIM HECH BIRI HAL QILINMAYDI SABABI SHUNDAKI IZBOSKAN TUMANIDAGI ICHKI ISHLAR XODIMI MEN PULIMNI OLOLMAY YURGAN ERKAKNI IKROMNI QIZI BILAN DON TANISH YAQIN ALOQASI BOR SHU SABABLI HAR SAFAR MUROJAATIMNI KORIB CHIQMASDAN SHUNDAY YOPIB YUBORISHDI HATTOKI TELEFON HAM ELEKTRON SHAKLDA HAM JAVOB BERILMADI ILTIMOS SIZDAN BU ARIZAM BILAN JIDDIY EʼTIBOR QARATIB MASʼUL XODIMGA CHORA KOʻRISHINGIZNI SORAB QOLAMAN
Siz tegishli idoralarga murojaat qilishingiz kerak. Bu yer mustaqil yangilik, tahlil va ma’rifiy sayt bo‘lib, hech qanday idoralar bilan mutlaqo bog‘liq emas.