Mikola Doroshenko Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimidan ozod etildi
2025-yil 21-iyuldagi Prezidentning 506-sonli farmoniga binoan, Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy Mikola Doroshenkoni Ukrainaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod etdi. «DOROSHENKO Mikola Petrovichni Ukrainaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod etilsin», — deyiladi davlat rahbarining rasmiy saytida e’lon qilingan hujjatda. Mikola Doroshenko bu lavozimda 2020-yildan buyon faoliyat yuritgan. 2022-yil mart oyida, …