Ozarbayjonda Ozarbayjon, Turkiya va Oʻzbekistonning qoʻshma harbiy mashgʻulotlari boshlandi
Ozarbayjonda Ozarbayjon, Turkiya va Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari ishtirokidagi “Birlik kuchi – 2026” qoʻshma harbiy mashgʻulotlari boshlandi. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mashgʻulotlar Ozarbayjonning Qorabogʻ iqtisodiy hududidagi “Qizilgaya” oʻquv-mashgʻulot markazida boshlandi. Unda uch davlat mudofaa vazirliklari boʻlinmalari, harbiy texnika, dengiz kuchlari, aviatsiya va uchuvchisiz uchish apparatlari ishtirok etmoqda. Mashgʻulotlarning asosiy maqsadi qoʻshma operatsiyalarga tayyorgarlik darajasini oshirish, …