O‘zbekistonda Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkonini beruvchi @iiv_shxbb_bot Telegram-boti ishga tushirildi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining matbuot kotibi — axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov ma’lum qildi.
Bot orqali quyidagilar haqida xabar berish mumkin:
- ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiya;
- tamagirlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilish;
- boshqa noo‘rin xatti-harakatlar;
- xodimlarning xizmat davomida duch kelayotgan muammolari.
Yuborilgan har bir murojaat tezkor tekshirilib, murojaat etuvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Qachon murojaat qilish mumkin
Bot quyidagi holatlarda foydali bo‘lishi mumkin:
- xodim pul yoki boshqa “xizmat” talab qilsa;
- noqonuniy ushlab turish yoki bosim bo‘lsa;
- ariza qabul qilishdan bosh tortilsa;
- xizmat intizomi buzilsa;
- tizimdagi muammolar haqida xabar berish zarur bo‘lsa.
Botning maqsadi — Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan samarali aloqa o‘rnatish, muammolarni erta aniqlash, tizimda shaffoflik va adolatni ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish.
Murojaat qilish:
- Telegram-bot: @iiv_shxbb_bot
- Ishonch telefoni: 71-231-31-74