Milliy gvardiya: portlashda 10 nafar harbiy xizmatchi jarohatlandi

By | 11/09/2025
Milliy gvardiya emblemasi va portlashda 10 nafar harbiy xizmatchi jarohatlandi

10 sentabr kuni Nukusdagi dala o‘quv maydonida amaliy mashg‘ulotlar davomida portlash yuzaga keldi.

Milliy gvardiyaning xabar qilishicha, mashg‘ulot uchun mo‘ljallangan portlovchi maxsus vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi natijasida taxminan 10 nafar harbiy xizmatchi turli darajada tan jarohatlari oldi. Ularga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va hozirda ko‘rilgan zarur choralar natijasida harbiy xizmatchilarning sog‘ligi tiklanmoqda.

Holat yuzasidan xizmat surishtiruvi tayinlangan, hozirda mutasaddi rahbarlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ulashish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan