Tag Archives: shaxmat

Samarqanddagi shaxmat olimpiadasi muammolar bilan boshlandi: jamoalar mehmonxona kutdi, FIDE kompensatsiya va’da qildi, delegatlar vizasiz qoldi

Samarqandda 46-jahon shaxmat olimpiadasi 15-sentabr kuni ochildi, birinchi tur esa 16-sentabr kuni o‘tkazildi. Ammo partiyalar boshlanishidan oldinyoq tashkilotchilar ishtirokchilarni joylashtirish va kirish vizalari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishiga to‘g‘ri keldi. Ayrim jamoalar mehmonxonalardagi xonalarni o‘z vaqtida ololmadi, ayrim ishtirokchilar turar joyni mustaqil ravishda izlashiga to‘g‘ri keldi, FIDE Kongressining ayrim delegatlari esa musobaqa boshlanguniga qadar vizalarini