Mirziyoyev Putinni Davlat dumasi saylovlari bilan tabriklab, ularni Rossiya siyosiy kursining «so‘zsiz qo‘llab-quvvatlanayotgani»dan dalolat beruvchi natijalar deb atadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga Rossiya Davlat dumasi saylovlari o‘tkazilgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 21-sentabr kuni mazmunini bayon qilgan maktubda Mirziyoyev saylovlarni «Rossiya jamiyatining yuksak siyosiy madaniyati va fuqarolik hamjihatligini» namoyishi deb atadi, ovoz berish natijalarini esa Rossiya fuqarolarining Putin rahbarligida olib borilayotgan siyosiy kursga yuksak ishonch bildirayotgani hamda …