Toshkentning yangi aeroporti uchun davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolandi
“Uzbekistan Airports” AJ va tarkibiga “Sojitz Corporation” (Yaponiya) hamda “Incheon International Airport Corporation” (Koreya Respublikasi) kompaniyalari kiruvchi, “Vision Invest” (Saudiya Arabistoni) boshchiligidagi xalqaro konsorsium Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish va undan foydalanish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” 17-iyun kuni ma’lum qildi. Bitim Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida imzolangan. “Bugun barchamiz …