O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati rahbari o‘zgardi

By |
Rustam Jo‘rayev. Foto: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Prezidentning tegishli farmonlari bilan Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi va unga general-leytenant maxsus unvoni berildi.

Shuningdek, Alisher Abrorovich Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etildi. Alisher Usmonov esa 2020 yil dekabr oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Rustam Jo‘rayev ushbu tayinlovga qadar 2026 yil yanvar oyidan buyon ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Prezident farmoni bilan uning maxsus unvoni general-mayordan general-leytenantga oshirildi.

Ulashish

Fikr bildirish