Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari o‘tkaziladigan sanalarni belgiladi. Imtihonlar may va iyun oylarida majburiy hamda tanlov fanlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
9-sinf o‘quvchilari uchun
Majburiy fanlar:
- Ona tili va adabiyot (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) / Davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun) — 1-iyun (yozma)
- Matematika — 4-iyun (yozma)
- O‘zbekiston tarixi — 8-iyun (yozma va og‘zaki)
- Jismoniy tarbiya — 1–6-may (amaliy)
11-sinf o‘quvchilari uchun
Majburiy fanlar:
- Ona tili va adabiyot (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) / Davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun) — 2-iyun (yozma)
- Matematika (asosiy), Matematika (chuqurlashtirilgan) — 5-iyun (yozma)
- O‘zbekiston tarixi — 9-iyun (yozma)
11-sinf uchun tanlov fanlari (barcha bitiruvchilar topshiradi)
Imtihonlar 12-iyun va 15-iyun kunlari o‘tkaziladi:
- Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman)
- Fizika
- Kimyo
- Biologiya
- Geografiya
- Davlat va huquq asoslari — yozma
- Chet tili — yozma va og‘zaki