Elektromobillar O‘zbekistonga yengil avtomobillar importining 70 foizdan ortig‘ini tashkil etdi

By |
O‘zbekistonga avtomobillar importi. Foto: Milliy statistika qo‘mitasi saytidan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 920,4 million dollar qiymatidagi 65 876 ta yengil avtomobil import qilindi.

Importning eng katta ulushini elektromobillar tashkil etdi. Yetti oy davomida mamlakatga 46 749 ta elektromobil olib kirildi. Bu barcha import qilingan yengil avtomobillarning qariyb 71 foiziga teng.

Bundan tashqari, 10 987 ta benzin dvigatelli avtomobil va 8 077 ta gibrid avtomobil import qilindi. Yengil avtomobillarning boshqa turlaridan 63 tasi olib kirilgan.

O‘zbekistonga avtomobillar yetkazib berish bo‘yicha Xitoy asosiy o‘rinni egalladi. Yanvar–iyul oylarida Xitoydan 63 039 ta avtomobil import qilindi. Bu jami importning qariyb 96 foizini tashkil etadi.

Keyingi o‘rinlarda AQSh (765 ta avtomobil), Koreya Respublikasi (737 ta) va Yaponiya (345 ta) qayd etildi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobillar O‘zbekistonga 29 ta davlatdan import qilingan.

Shuningdek o‘qing:

Ulashish

Fikr bildirish