“Vor v zakone” Jora Tashkentskiy O‘zbekistonga olib kelindi: Georgiy Sorokin haqida nimalar ma’lum
O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari postsovet hududidagi jinoiy muhitning eng mashhur vakillaridan biri hisoblangan Georgiy Sorokinning Misrdan qo‘lga olinib, ekstraditsiya qilinganini ma’lum qildi. Jora Tashkentskiy va Soroka laqablari bilan tanilgan Sorokin, O‘zbekiston IIV ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro qidiruvda bo‘lgan va Misrning Sharm ash-Shayx kurort shahrida ushlangan. Shundan so‘ng u jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekistonga olib kelingan. …