Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligiga birlashtirildi.
O‘zbekiston Prezidenti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
«Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat», — deb yozdi Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ta’limning barcha turlari o‘rtasida o‘zaro integratsiya va uzviylikni ta’minlash, shuningdek, maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab oluvchi yagona samarali boshqaruv tizimini joriy etish nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, yangi tizim ta’lim sohasining jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirishga xizmat qilishi kerak.
Shuningdek, Yep.uz saytida o‘qing:
- Saida Mirziyoyeva Namangandagi bog‘chada besh yoshli bolaga nisbatan zo‘ravonlik ishi ortidan o‘lim jazosini qaytarishni taklif qildi
- Maktablar soni uchdan birga, o‘quvchilar soni esa deyarli yarmiga oshdi: mustaqillik yillarida O‘zbekiston ta’lim tizimi qanday o‘zgardi
Yep.uzʼni Googleʼning afzal ko‘rilgan manbalariga qo‘shing
Googleʼda Yep.uz saytini afzal ko‘rilgan manba sifatida qo‘shing, shunda sayt materiallarini «Asosiy yangiliklar» bo‘limida tez-tez ko‘rishingiz mumkin.