O‘zbekistonda Rossiya bilan birgalikdagi «Hamkorlik-2026» harbiy mashg‘ulotlari boshlandi

By | 21/10/2026
«Hamkorlik-2026». O‘zbekiston Mudofaa vazirligi fotosurati

O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirliklari bo‘linmalarining «Hamkorlik-2026» qo‘shma taktik harbiy mashg‘ulotlari 20-oktabr kuni Surxondaryo viloyatidagi «Termiz» poligonida boshlandi. Mashg‘ulotlar 27-oktabrgacha davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabar berdi.

«O‘quv an’anaga ko‘ra harbiy xizmatchilarning umumiy saf tortishi bilan ochildi. Harbiy orkestrlar ijrosida ikki davlatning madhiyalari yangradi, milliy bayroqlar tantanali ko‘tarildi. Ishtirokchilar yagona safda dala lagerining saf maydoni bo‘ylab tantanali marsh bilan o‘tdi», — deyiladi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabarida.

Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, harbiylar shartli dushmanning kichik guruhlarini qidirish va yo‘q qilish chog‘ida bo‘linmalarni boshqarish, egallab olingan pozitsiyalarni ozod etish, shuningdek, aholi punktiga hujum qilish va uni tozalash bo‘yicha mashq bajaradilar.

«Tajriba almashamiz», — deb yozdi Rossiya Mudofaa vazirligi Telegram-kanalida.

O‘tgan yili ham «Termiz» poligonida Rossiya va O‘zbekistonning «Hamkorlik-2025» qo‘shma taktik harbiy mashg‘ulotlari iyul oyida bo‘lib o‘tgan edi.

Yep.uz saytida yana o‘qing:

Yep.uzʼni Googleʼning afzal ko‘rilgan manbalariga qo‘shing

Googleʼda Yep.uz saytini afzal ko‘rilgan manba sifatida qo‘shing, shunda sayt materiallarini «Asosiy yangiliklar» bo‘limida tez-tez ko‘rishingiz mumkin.

Ulaşiş

Fikr bildirish